Yevro-2024 o‘yinlariga Falastin va Isroil bayroqlarini olib kirish taqiqlandi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘yinlari vaqtida muxlislarning tribunalarga Isroil va Falastin bayroqlarini olib kirishi taqiqlanadi. Bu haqda “Berliner Morgenpost” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fan-zonalarda faqat futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida ishtirok etuvchi 24 davlat bayroqlari o‘rnatilishi mumkin. Isroil terma jamoasi Islandiyaga pley-offda yutqazib, Yevro-2024 saralashiga chiqa olmadi.

Qayd etish joiz, Yevropa chempionati bugun, 14 iyun kuni Germaniya-Shotlandiya o‘yini bilan start oladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA Rossiya telekanallarini Yevro-2024 translyatorlari qatoriga kiritgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing