Yevro-2024'ning asosiy favoritlari e’lon qilindi
Sport
−
20 iyun
8337Ispaniya terma jamoasi Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevro-2024ʼning asosiy favoriti sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Bu borada ikkinchi o‘rinni mezbon jamoa Germaniya egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Chexiya bilan o‘yinda iroda ko‘rsatgan Portugaliya yakun yasadi.
Musobaqada Gruziya, Albaniya va Shotlandiya jamoalarining imkoniyatlarini past baholanmoqda.
Yevro-2024 favoritlari:
- 1. Ispaniya;
- 2. Germaniya;
- 3. Portugaliya;
- 4. Fransiya;
- 5. Angliya;
- 6. Niderlandiya;
- 7. Shveysariya;
- 8. Italiya;
- 9. Turkiya;
- 10. Slovakiya;
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bugun Yevro2024 2-turi doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tishi xabar qilingandi.
Xabibulloh Rayimov