Yevro-2024’ning 31 yoshdan katta futbolchilaridan ramziy jamoa tuzildi

Sport

image

31 yoshdan oshgan futbolchilardan tashkil topgan 2024 yilgi Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. 

Jamoa tarkibida Germaniya terma jamoasidan uch nafar, Niderlandiyadan ikki nafar vakil, shuningdek, Xorvatiya, Portugaliya, Belgiya, Angliya va Polshadan bir nafardan futbolchi kiritildi. 

31 yoshdan oshgan futbolchilardan iborat Yevro-2024 ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Manuel Noyer (38 yosh, Germaniya).

Himoyachilar: Kayl Uoker (34 yosh, Angliya), Virjil van Deyk (32 yosh, Niderlandiya), Antonio Ryudiger (31 yosh, Germaniya), Deyli Blind (34 yosh, Nilerlandiya).

Yarim himoyachilar: Toni Kroos (34 yosh, Germaniya), Luka Modrich (38 yosh, Xorvatiya), Kevin De Bryuyne (32 yosh, Belgiya), Antuan Grizmann (33 yosh, Fransiya).

Hujumchilar: Robert Levandovski (35 yosh, Polsha), Krishtianu Ronaldu (39 yosh, Portugaliya).

Ma’lumot uchun, Yevro-2024 final bosqichi 2024 yilning 14 iyundan 14 iyuliga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir o‘yinlariga mamlakatning 10 ta shahridagi 10 ta stadion mezbonlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevro-2024 sovrindorlari qancha pul ishlab olishi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Krishtianu Ronaldu Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing