Yevro-2024: Ispaniya muddatidan avval pley-offga chiqdi

Sport

image

Kecha, 20 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining 2-tur o‘yinlari davom ettirildi. Tur doirasida “B” guruhida 1 ta, “C” guruhida 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

“C” guruhida Sloveniya-Serbiya va Daniya-Angliya o‘yinlarida bir xil 1:1 natijasi qayd etildi. 2-turdan keyin mazkur kvartetda 4 ochko bilan Angliya peshqadamlik qilmoqda. Daniya va Sloveniya 2 ochko bilan keyingi o‘rinlarni band etib turibdi. Serbiya hisobida 1 ochko mavjud.

“B” guruhida markaziy o‘yinda Ispaniya Italiyadan ustun keldi. Italiyaliklar a’zosi Rikardo Kalafori 55-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shunday qilib, “qizil furiya” o‘z ochkolarini 6 taga yetkazib, muddatidan avval nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 3 ochko bilan Italiya 2-o‘rinni band etgan.

Guruh bosqichining 3-turida Daniya Serbiya bilan, Angliya esa Sloveniya bilan hisob-kitob qiladi. “B” guruhida Ispaniya Albaniyaga qarshi, Italiya Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Bahslar 25-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing