Yevro-2024: Bugun Ispaniya Italiyaga qarshi maydonga tushadi

Sport

image

Bugun, 20 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining 2-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Tur doirasida “B” guruhida 1 ta, “C” guruhida esa 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

“B” guruhida turning markaziy o‘yini deyilayotgan bahsda Ispaniya terma jamoasi Italiyaga qarshi guruh g‘olibligi uchun bahs olib boradi. “C” guruhida esa Sloveniya-Serbiya, Daniya-Angliya uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Hozirda Italiya va Ispaniya 3 ochkodan to‘plab, o‘z guruhida yetakchilik qilmoqda. “C” guruhida esa Angliya 3 ochko bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Daniya va Sloveniya 1 ochkodan to‘plab keyingi o‘rinlarni band etgan.

Ma’lumot uchun, Sloveniya-Serbiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 18:00 da, Daniya-Angliya o‘yini esa 21:00 da boshlanadi. Markaziy uchrashuv maqomida o‘tadigan Ispaniya-Italiya to‘qnashuv 00:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Ispaniya Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made