Yevro-2024: Bugun chorak final yakunlanadi

Sport

image

Bugun, 6 iyul kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining chorak final bahslari nihoyasiga yetadi. Mazkur bosqich doirasida yana 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Yarim final yo‘llanmasi uchun Angliya Shveysariya bilan, Turkiya esa Niderlandiya bilan kuch sinashadi. Mazkur qarama-qarshiliklar g‘oliblari yarim finalda o‘zaro kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Angliya-Shveysariya o‘yini Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlansa, Niderlandiya-Turkiya bahsi 23:55 da start oladi.

Yevro-2024 yarim finalining ikkinchi yarim finalida Fransiya-Ispaniya bilan to‘qnash keladi. Yarim final o‘yinlari 10-11 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Angliya Evropa chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made