Yevro-2020: Niderlandiyaga mag‘lub bo‘lgan Ukraina musobaqa antirekordini takrorladi

Sport

image

Kecha, 13 iyun kuni Yevro-2020 musobaqasining “S” guruhi jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

Dastlab, Avstriya va Shimoliy Makedoniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Shtefan Layner, Mixael Gregorich va Marko Arnautovichning gollariga makedonlardan Goran Pandev javob qaytardi.

37 yoshli Goran Pandev Makedoniya terma jamoasining Yevropa chempionati final bosqichlaridagi debyut golini urdi. U musobaqa tarixida gol urgan eng yoshi katta futbolchilar orasida ikkinchi bo‘ldi. Rekord avstriyalik futbolchi Ivitsa Vastichga tegishli.

Ma’lumot uchun, Pandev Shomurodov bilan birga “Jenoa”da faoliyat yuritadi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Niderlandiya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasida kechdi.

Jorjino Veynaldum, Vaut Vegorst va Denzel Dyumfrisning gollariga ukrainlar safida Andrey Yarmolenko va Roman Yeremchuk javob qaytardi. Andrey Shevchenko shogirdlari uchrashuvda kichik qaytishni amalga oshirib, hisobni tenglashtirgan edilar, biroq o‘yin yakuniga 5 daqiqa qolganida niderlandlar gol urib, g‘alabani ilib ketishdi.

Ahamiyatli tomoni, Ukraina Yevropa chempionati doirasida ketma-ket 6-mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Bu orqali jamoa Yugoslaviyaning antirekordini takrorladi. 2012 yilgi musobaqada Fransiya terma jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, Angliya, Germaniya, Shimoliy Irlandiya, Polsha va Niderlandiyaga imkoniyatni boy berdi.

Niderlandiya darvozasini qo‘riqlagan Marten Stekelenburg (38 yosh-u 264 kun) mazkur chempionat tarixidagi eng yoshi katta futbolchisiga aylandi. U Edvin Van der Sarning rekordini (37 yosh-u 236 kun) yangiladi.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing