Yetti oyda necha mlrdlik “zolotoy” avtoraqam sotilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yil yanvar-iyul oylarida onlayn-auksionlar orqali 168,7 mlrd so‘mlik 83,2 mingdan ziyod “chiroyli” avtoraqamlar sotildi. Bu haqda Respublika tovar xomashyo birjasi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan  matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ushbu davrda sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,0 mln so‘mga teng.

Shuningdek, yanvar-iyul oylarida elektron davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi o‘tgan yilga nisbatan deyarli 2,4 barobarga oshib, 4 670,3 mlrd so‘mga teng bo‘lgan. Bunda byudjet va korporativ buyurtmachilari mablag‘larining tejalishi ikki marotabaga o‘sib, 840,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing