Yetti nafar tibbiyot xodimi Maradonaning o‘limida ayblanmoqda

Sport

image
0:00
0:00
download

Argentinaning San-Isidro shahri Bosh prokuraturasi futbolchi Diyego Maradonaning o‘limi uchun yetti nafar tibbiyot xodimiga ayblov e’lon qildi. Bu haqda EFE agentligi xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, shifokorlar “bilvosita niyat bilan o‘limga sabab bo‘lish” moddasi bilan 8 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Prokuratura xabarida taniqli futbolchining sog‘lig‘i uchun mas’ul bo‘lgan tibbiyot xodimlari jamoasi beparvolik ko‘rsatib, uning holatiga yetarlicha e’tibor bermagani ko‘rsatilgan. 

Shuningdek, prokuratura ushbu ishda ishtirok etgan shaxslar Argentinani tark etish huquqiga ega bo‘lmasligi to‘g‘risida so‘rov kiritgan. 

Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan yil 25 noyabr kuni soat 04:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda, uxlab yotganida vafot etgan. Maradonaning uyiga chaqirilgan shifokorlar uning tanasi allaqachon sovuq bo‘lsa ham, uni 45 daqiqa davomida jonlantirishga harakat qilgan.  

Maradonaning o‘limi soat 13:15 da e’lon qilingan. Shunisi e’tiborga loyiqki, hamshiralardan biri Diyego uyg‘onganini va ertalab o‘rnidan turganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing