YeTTB O‘zbekistonning uran konlari uchun 7 mln yevro ajratadi

Jamiyat

image

Londonda Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YeTTB) shtab-kvartirasida O‘zbekistonga 7 million yevro miqdorida grant ajratish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Grant mablag‘lari Chorkesar va Yangiobod maxsus poligonlarining meliorativ holatini yaxshilash uchun ajratiladi.

2021 yilda Davlat ekologiya qo‘mitasi va  YeTTB o‘rtasida konsultativ yordam ko‘rsatilishi uchun 2 million yevro miqdoridagi birinchi bitim imzolangan edi. Jami 9 million yevro miqdoridagi grant loyihasi bank tomonidan Markaziy Osiyo uchun Atrof-muhitni reabilitatsiya qilish ekologik hisobi maxsus fondi hisobidan moliyalashtiriladi.

Grant loyihasi doirasida 2022-2025 yillar davomida maxsus uchastkalarini ekologik sog‘lomlashtirish va rekultivatsiya qilish  tadbirlari amalga oshiriladi.

Rekultivatsiya ishlari 2023 yilning birinchi choragida boshlanishi rejalashtirilgan bo‘ib, taxminan ikki yil ichida yakunlanadi. Loyiha doirasidagi qurilish va reabilitatsiya ishlari mahalliy va germaniyalik mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

uran

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing