Yetakchilarsiz qolayotgan “Navbahor”: Iskandarov ham jamoadan ketdi

Sport

image

“Navbahor” klubining yetakchi futbolchilaridan biri Jamshid Iskandarov jamoani tark etdi. Bu haqda futbol jurnalisti Jamoliddin Bobojonov o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Iskandarovga xorijdan va O‘zbekistonning grand jamoalaridan takliflar bor. 

Joriy mavsum 30 yoshli futbolchi Namangan klubi safida jami 37 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, Iskandarovning qiymati 850 ming yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Navbahor”ning yana bir yetakchisi Oston O‘runov ham jamoani tark etgani xabar qilingandi. 22 yoshli futbolchi faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Navbahor Oston O'runov Jamshid Iskandarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing