Yetakchilardan yirik g‘alaba. La Ligada kimlar ochko yo‘qotdi ?

Sport

image

Kecha, 2 noyabr kuni Ispaniya La Ligasida 11-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Turda peshqadam “Real Madrid” o‘z maydonida “Valensiya”ni yirik hisobda taslim etdi. “Barselona” “El- Klasiko”dagi mag‘lubiyatdan keyin  “Elche” klubi ustidan  3-1 hisobida g‘alaba qozondi. “Atletiko Madrid” ham muxlislari qarshisida “Sevilya”ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Turdagi barcha uchrashuvlar tafsilotlari bilan tanishing:

“Deportivo Alaves” 2:1 “Espanol”

 Bu uchrashuv jangovar va qiziqarli bo‘lib o‘tdi. “Alaves” uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan  hisobni ochdi va bo‘lim so‘ngida hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. “Espanol” esa ikkinchi bo‘limda hisobni qisqartirdi, biroq bu durrang natija uchun yetarli bo‘lmadi.

“Atletiko Madrid” 3:0 “Sevilya”

“Metropolitano”dagi o‘yinda “Atletiko” butunlay ustunlik qildi. “Sevilya” to‘liq o‘yin davomida himoyada o‘ynashga majbur bo‘ldi va qarshilik ko‘rsata olmadi.

“Barselona” 3:1 “Elche”

“Barselona” o‘z maydonida ishonchli o‘yin namoyish etdi. Lamin Yamal, Torres va Rashfordning gollari jamoaga g‘alaba keltirdi. “Elche” ikkinchi bo‘limda qarshi hujumda imkoniyatlarga ega bo‘ldi, biroq jamoa bu imkoniyatlardan foydalana olmadi.

“Real Betis” 3:0 “Mayorka”

“Betis” o‘z muxlislari oldida faol o‘yin ko‘rsatdi. Sevilyaliklar o‘z maydoniga raqiblar darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritdi. Mehmonlar esa imkoniyatlardan foydalana olmadi.

“Getafe” 2:1 “Jirona”

“Getafe” bu turda sensatsiya yaratdi. O‘z maydonida favorit sanalgan “Jirona”ni mag‘lub etdi. Jamoa yaxshi tashkil etilgan himoya va tezkor qarshi hujumlar bilan g‘alabaga erishdi. “Jirona” ikkinchi bo‘limda faol o‘ynadi, lekin barcha imkoniyatlarini golga aylantirishni imkoni bo‘lmadi.

“Real Madrid” 4:0 “Valensiya”

“Bernabeu”da “Real” muxlislariga yorqin shou taqdim etdi. Bellinghem, Mbappe va Karrerasning gollari orqali “Qirollik klubi” oson g‘alaba qozondi. “Valensiya” butun o‘yin davomida deyarli hech narsa qila olmadi “Real” esa bu g‘alaba bilan peshqadamlikni yana ham mustahkamlab oldi.

“Real Sosiyedad” 3:2 “Atletik Bilbao”

Bask derbisi yana bir bor dramatik tus oldi. “Sosiyedad” birinchi bo‘limda ikki bor hisobda oldinga chiqdi, ammo “Atletik” har safar javob qaytardi. Ammo o‘yin so‘nggi daqiqasida “Sosiyedad” g‘alabani tortib oldi.

“Levante” 1:2 “Selta”

“Levante” uchrashuvning 30-daqiqasidan bir kishi kam bo‘lib maydonda harakat qiladi, ammo shunga qaramay so‘ngi daqiqalargacha durrang natijani saqlab kelayotgan edi. “Selta” futbolchisi Migel Romanning uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritgan goli jamoasiga g‘alabani taqdim etdi.

“Vilyarreal” 4:0 “Rayo Valekano”

“Sariq suvorilar” bu turda “Rayo” yirik hisobda mag‘lub etdi. Ushbu natijadan keyin “Vilyarreal” turnir jadvalida 3- pog‘onaga mustahkam joylashib oldi.

“Real Ovedo” – “Osasuna”

Bu uchrashuv bugun, 3 noyabr kuni tunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, yakuniga yetgan tur uchrashuvlaridan so‘ng Madridning “Real” jamoasi 30 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Barselona” 25 ochko bilan 2, “Vilyarreal” esa 23 ochko bilan 3-o‘rinni bant etgan. Navbatdagi tur uchrashuvlari joriy yilning 8 noyabr start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Real Madrid” Ispaniya La Ligasi 11-tur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing