Yoshmasman, lekin prezidentlik vazifasini bajara olaman – Bayden
Olam
−
29 iyun
6630Oq uy rahbari Jo Bayden joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda raqib nomzod Donald Tramp bilan bahsda yaxshi natija ko‘rsatmaganini tan oldi. Bu haqda mamlakat Prezidenti o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Shuningdek, u prezidentlik uchun kechayotgan poygadan chiqish niyati yo‘qligini ham ochiq yozib qoldirgan. Shimoliy Karolinada bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqan Bayden endi yosh emasligini, shunday bo‘lsa-da prezidentlik mas’uliyatini uddalay olishini ham bildirgan.
“Men yosh yigit emasligimni bilaman. Avvalgidek tez harakatlanmayman. Lekin, nima qilish kerakligini a’lo darajada eplayman”, deydi Bayden.
AQSH Prezidentining aytishicha, u bu ishni uddalay olishiga ishonmaganida, keyingi muddatga nomzodini qo‘ymagan bo‘lardi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 iyun kuni Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi SNN telekanalida prezidentlik saylovlari oldidan ilk teledebat bo‘lib o‘tdi. Nomzodlar AQSH iqtisodiyotidagi vaziyat, tashqi siyosat, xususan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qo‘ygan talablari, G‘azo sektoridagi vaziyat hamda Yevropa davlatlari bilan savdo bitimlarini muhokama qilish singari masalalarda o‘z fikrlarini bayon qildi. SNN tahliliga ko‘ra, Tramp bu teledebatda 30 dan ortiq yolg‘on da’volar bilan chiqqan. Uning ko‘plab so‘zlari joriy prezidentlik kampaniyasi paytida yoki undan oldin allaqachon rad etilgan da’volarni o‘z ichiga olgan. O‘z o‘rnida, Bayden ham bahs davomida 9 ta yolg‘on ma’lumotlarni taqdim qilgan. Lekin bu Tramp bilan solishtirganda ancha kam.
LiveBarchasi