Yoshlarni Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekiston fuqarolarini Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga jo‘natish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 1996 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan O.X. 2019 yilda Misr Arab Respublikasida o‘qishga borib, xalqaro terrorchilik tashkiloti rahnamolarining g‘oyaviy ta’siriga tushgan. Shundan so‘ng, O‘zbekistondan Misrga diniy ta’lim olish uchun borgan fuqarolar orasida o‘zining aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilib, Suriya hududida faoliyat olib borayotgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotining safiga qo‘shilishga da’vat qilib kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston hududida taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilib, gumondor shaxs qo‘lga olingan. Uning uyali telefon apparati xotirasida ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriya terrorchilik

Baholaganlar

410

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing