Yoshlar yo‘l harakati qoidalarini bilmaydi – Respublika bosh “GAI”si
Jamiyat
−
19 fevral 2020
82972019 yilda sodir bo‘lan yo‘l-transport hodisalarining 60 foizi yoshlar tomonidan sodir etilgan. Bu haqda bugun, 19 fevral kuni IIV YHXRBBda bo‘lib o‘tgan brifingda bosh boshqarma boshlig‘i Olimjon Saidov ma’lum qildi.
QALAMPIR.UZ Olimjon Saidovga quyidagi savol bilan murojaat qildi:
“Haydovchilik guvohnomasini olish o‘sha-o‘sha qolmoqda. Ya’ni har bir imtihon alohida pul desak ham mubolag‘a emas. Avtomaktablarni tekshirish, g‘alvirni suvdan ko‘trish vaqti kelmadimkin?”
Ushbu savolga Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Saidov quyidagicha javob berdi.
“Avtomaktab muammosi dolzarb ekani, o‘qish jarayoni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganini anglab yetdik. Qisqacha statistikani aytadigan bo‘lsak, 2019 yilda jami 995 618 nafar yigit-qizlarimiz haydovchilik guvohnomalarini olishgan. Bulardan 420 407 nafari birinchi marotaba haydovchilik guvohnomasini olayotganlar. Ular orasida birinchi urinishda imtihondan o‘ta olmganlar soni 136 000 tani tashkil etadi. O‘quvchilardan deyrli teng yarmi imtihon topshira olmagan.Qolganlari esa qay yo‘l bilan xaydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritganiga baho beriladi. Bu masala biz tomonimizdan ko‘tarilgan. Taklif sifatida kiritganmiz”.
Saidov so‘zida davom etarkan, guvohnoma olish jarayonida korrupsiyaning oldini olish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotgan yangi loyiha haqida ma’lum qildi.
“Chet el tajribasidan kelib chiqib agar biz inson omilini olib tashlasak hammasi joyiga tushadi. Biz “situatsion sentr” quryapmiz. Bunda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirganda javobni kompyuter orqali olish mumkin bo‘ladi. U yerda inson ishtirok etmaydi”.
Joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda 477 477 holatda yo‘l transport hodisalari qayd etilgan. Saidov yo‘l qoidalariga amal qilmaydiganlar va uni bilmaydiganlarning asosiy qismi yoshlar ekanini urg‘ulaydi.
“Biz yaxshi bilamiz, yoshi katta haydovchilar avtomobilni ehtiyotkorlik bilan boshqarishadi. Yo‘l qoidalarini bilishadi. Yoshlar esa yo‘l qoidalarini bilishmaydi va unga amal qilishmaydi. Misol tariqasida keltirishim mumkin, Guliston shahrida haydovchilik guvohnomasini olganiga bir yil bo‘lgan yigit YTH sodir etdi va eng achinarlisi u shu vaqtga qadar ham besh marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilgan”.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15