“Yoshlar” telekanaliga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
01 iyul 2019 11333 1 daqiqa
Bugun, 1 iyul kuni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanaliga yangi direktor tayinlandi. Unga ko‘ra, Qobiljon Ahmedov “Yoshlar” telekanali direktori lavozimiga tayinlandi.
Qobiljon Ahmedov tajribali, jurnalistika sohasida katta maktab va salohiyatga ega bo‘lgan kadrlardan biri. U O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan.
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiatsiyasi ijrochi direktori, NTT telekanali direktori, “Darakchi” gazetasi bosh muharriri va direktori, “MY5” telekanali direktori lavozimlarida ishlagan.
Ahmedovgacha “Yoshlar” telekanali direktori lavozimida Xayrulla Nuriddinov, Ozodbek Nazarbekov, Madamin Safarov faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr