Yoshlar ittifoqi xodimasi ikkinchi bor firibgarlik bo‘yicha sudlandi
Jamiyat
−
27 dekabr 2019
9252O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tizimidagi Yoshlar turizmini rivojlantirish agentligida bosh mutaxassis bo‘lib faoliyat olib borayotgan xodima o‘z lavozimidan foydalanib, bir qancha fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib olgan.
Ma’lum qilinishicha, u jabrlanuvchilarning biriga Iqtisodiyot universitetiga kirgazib qo‘yishni va’da qilsa, boshqasiga sanatoriyga yo‘llanma olib berishini aytib pulini olgan.
Yana bir fuqaroga esa avtosalondan mashina olib berishni va’da qilib, katta miqdorda pulga chuv tushirgan. Ishni bitirish yoki pulni qaytarib berishga kelganda esa yig‘i-sig‘i qilib, o‘zini jabrdiyda qilib ko‘rsatgan.
Ma’lum bo‘lishicha, aybdor bundan avval ham sudlangan.
LiveBarchasi