Yoshlar ishlari agentligiga yangi vakolatlar beriladi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2022
10272O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
Agentlikka volontyorlik faoliyati sohasida bir qator vakolatlar berilmoqda. Jumladan:
• volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;
• volontyorlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi;
• volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoring yuritadi;
• volontyorlik faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Deputatlar agentlikka yangi vakolatlar berish to‘g‘risidagi qonunni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilgan.
LiveBarchasi