Yoshlar ishlari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
31 Oktabr 2020
4774O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Farrux Omonov Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Farrux Omonov shu paytga qadar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining tadbirkorlik, axborot texnologiyalari va xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
U bunga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasida ham qator vazifalarda faoliyat olib borgan.