Yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan yoshlar oyligining oldingi yillarga nisbatan farqli jihati shundaki, bu yil har bir qatlam uchun alohida loyiha va tadbirlar mo‘ljallangan.

Jumladan, oylik doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB, Toshkent shahar prokuraturasi hamda hamkor tashkilotlar 13-16 dekabr kunlari Toshkent viloyatida uyushmagan yoshlar uchun sport, sog‘lomlashtirish va vatanparvarlik loyihasini amalga oshirdi. Qurolli kuchlar akademiyasining o‘quv dala poligonida boshlangan uchrashuvlar Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da davom etdi.

Unda  “Tutqunlik” badiiy filmi namoyishi va film ijodkorlari bilan uchrashuv, harbiylar va Milliy gvardiya xizmatchilarining jangovar chiqishlari, harbiy qurol-aslahalarning namoyishi, turli sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, psixologlar bilan treninglar yoshlar uchun hayot davomida qo‘l kelishi aniq.

Loyihaning yakuniy yopilish marosimida an’anaviy uchrashuvlardan voz kechilib, gulxan atrofida kuy-qo‘shiqlar bilan dildan suhbat o‘tkazildi. Yoshlar tomonidan berilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi, murojaat va muammolar o‘rganib chiqildi, hal etish choralari ko‘rildi. 

Bu kabi loyihalar yoshlar bilan masofani yanada yaqin qilishga, samimiy va noan’anaviy munosabatlar o‘rnatilishiga hissa qo‘shadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing