Yosh yigitning aybi sabab 28 yoshli haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

O‘n to‘qqiz yoshli haydovchi tajribasizligi tufayli bir insonning umriga zomin bo‘ldi. Bu haqida Navoiy viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyati Konimex tumanidan o‘tuvchi Zarafshon-Dagistov yo‘nalishida "Nexia-3" avtomashinasini boshqarib kelayotgan haydovchi tezlikni oshirishi natijasida ag‘darilib ketib, o‘zidan oldin ketayotgan "Malibu" avtomashinaga urilgan. 

Ko‘rsatilgan tibbiy tez yordamga qaramasdan "Malibu" haydovchisi vafot etgan. 

“Hozirda ushbu holat yuzasidan Zarafshon viloyati IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing