Yosh qizni Tailandga fohishalik maqsadida sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida yosh qizni Tailandga fohishalik maqsadida sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqida Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir davomida Oqdaryo tumani, Dahbed shaharchasida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan A.Yu. ismli ayol Qo‘shrabot tumani "Mingtepa" mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan A.J.ni Tailandga yuborish va undan fohishalikda foydalanishni maqsad qiladi.  Buning uchun A.A. ismli ayoldan 1.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.Yu.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing