Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplashi aytildi
Salomatlik
−
06 noyabr 2023
11894Bugun, 6 noyabr kuni Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining ma’lumotlariga tayanib “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.
Unga ko‘ra, magnit bo‘ronlari 15 noyabrgacha davom etishi prognoz qilinmoqda. Faollikning yuqori darajasi 9 noyabrga to‘g‘ri keladi, shundan so‘ng magnit bo‘roni 10-15 noyabr kunlari yana faollashadi.
Atmosfera bosimining o‘zgarishi tufayli odamlarda bosh og‘rig‘i, migren, umumiy salomatlikning yomonlashishi, uyquchanlik paydo bo‘lishi mumkin. Surunkali kasalliklar, ayniqsa, yurak-qon tomir va nevrologik kasallikka chalinganlar o‘ta sezgir bo‘ladi.
Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
Bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqatlanish ratsionidan yog‘li va achchiq taomlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilingan. Shuningdek, qahvani kamaytirib, ko‘proq o‘simliklardan tayyorlangan choy ichish kerak.