Yerni kuchli magnit bo‘roni qopladi. Qanday himoyalanish kerak?

Salomatlik

image

Bugun Yerga qizil darajadagi magnit bo‘roni (K-indeks 5) kirib keldi. Bu haqda Meteoagent xabar berdi.

Qayd etilishicha, yaqin kunlarda geomagnit ko‘rsatkichi normal holatga tushadi.

Magnit bo‘roni salomatlikka qanday ta’sir qiladi?

Magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, ta’sirchan toifadagi insonlarda:

  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
  • uyqu buzilishi;diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
  • qon bosimining o‘zgarishi;
  • surunkali kasalliklarning kuchayishi;
  • og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
  • ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynishi;
  • holsizlik hissi kuzatilishi ehtimoli mavjud.

Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.

Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni kuzatilganida salomatlik uchun foydali bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing