Yermak: “Ukraina “investitsiya olami Makkasi”ga aylanishi mumkin”

Olam

image

Ukraina Respublikasi Prezidenti devonida mamlakatni sarmoyadorlar uchun jozibador qilish bo‘yicha reja bor. Bu haqda bugun, 12 fevral kuni Prezident devonining yangi rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.

"Bizning maqsadimiz – Ukrainani bugungi kundagi "investitsiya olamining Makkasi"ga (dunyo musulmonlarining ziyorat qilish markazi - tah.) aylantirishdir", dedi Yermak. Rasmiyning ta’kidlashicha, uning bu maqsadga erishadigan aniq qadamlari va dasturlari bor.

Devon rahbarining qayd etishicha, hozirda yuqorida aytilgan maqsadni amalga oshirish uchun barcha amaldorlar harakatni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Andrey Yermak kecha, 11 fevral kuni Prezident Vladimir Zelenskiy farmoniga ko‘ra Ukraina Prezidenti devoni rahbarligiga tayinlandi. Avval bu lavozimda Andrey Bogdan ishlagan edi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing