Yerga rekord darajada ko‘p asteroidlar yaqinlashmoqda — BMT

Olam

image

2020 yilda 40 dan ortiq mamlakatdagi astronomik rasadxonalar 39,5 millionga yaqin asteroid va kometalarni kuzatib, shu bo‘yicha qaydlarni to‘plagan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha qo‘mitasi tarkibidagi ilmiy-texnik kichik qo‘mita hisobotida aytilgan.

Olimlar 2021 yil 17 aprel holatiga ko‘ra, Erga yaqinlashayotgan 25 647 taga yaqin osmon jismlarini ro‘yxatga olgan. Ro‘yxatga olinganlar orasidan 2180 ta asteroid Yer orbitasidan 8 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi.

“Ushbu raqamlar katta bo‘lishiga qaramasdan Quyi qo‘mita Yerga yaqinlashayotgan ob’ektlarning atigi 40 foizinigina aniqlashganini ta’kidladi. Hozirda sayyoramizga rekord darajada ko‘p asteroidlar xavf solmoqda”, deyiladi hisobotda.

Ma’lumot o‘rnida, mart oyida NASA yaqin 100 yil ichida Yerning asteroidlar bilan to‘qnashish xavfi qay darajadaligini baholab, osmon jismlari sayyora bilan to‘qnashmaydi degan xulosaga kelgan.

Shuningdek, Er uchun eng xavfli Apofis asteroidini kashf etgan olimlar uning 2029 yilda Yer bilan to‘qnashishi mumkinligini da’vo qilgandi. Biroz o‘tib ular asteroid 2029 yil 13 aprelda Yerning markazidan 37,6 ming km uzoqlikda uchib o‘tishini hisoblab chiqib, to‘qnashuv ehtimolini rad etdi. Keyinchalik olimlar 2036 yilda ham Apofisning Yer bilan to‘qnashishi xavfini istisno qilishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

947

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing