Yerevanda miting. Muxolifat Lochin yo‘li yopilishida Pashinyanni ayblamoqda
Olam
−
29 dekabr 2022
3367Kecha, 28 dekabr kuni Yerevanda muxolifat partiyasi yoshlar tashkilotlarining bir necha yuz nafar a’zosi Bosh vazir Nikol Pashinyandan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasidan Armanistongacha bo‘lgan yagona yo‘l bo‘lgan Lochin yo‘lagini ochish choralarini ko‘rishni talab qilib, mamlakat hukumati binosi tomon yurish boshladi. Norozilik aksiyasi mahalliy axborot portallari tomonidan jonli efirda uzatilmoqda.
“Nikol Berdzor (Lochin) yo‘lagini to‘sib qo‘ydi, uning siyosati Armaniston va Arsaxning (tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi) hozirgi holatiga olib keldi, bularning barchasiga u haqiqiy aybdor”, deydi namoyish ishtirokchilaridan biri.
12 dekabr kuni o‘zlarini ekologlar deb tanishtirgan bir guruh ozarbayjonliklar Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘ydi. Baku norozilik aksiyasidan maqsad hech qanday yo‘lni to‘sib qo‘yish emasligini, fuqarolik vositalari har ikki yo‘nalishda ham erkin harakatlana olishini bildirdi.
Yerevan buni Baku tomonidan tan olinmagan respublikada gumanitar falokat yaratishga qaratilgan provokatsiya sifatida baholadi. Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan avvalroq Yerevan BMT va YeXHT Minsk guruhini Lochin koridoriga baholash missiyasini jo‘natishga chaqirgani haqida xabar bergan edi. Respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyan hukumat yig‘ilishida ma’lum qilganidek, Tog‘li Qorabog‘da qamal tufayli oziq-ovqat taqchilligi boshlangan. 14 dekabr kuni Armaniston Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Ozarbayjonni Lochin yo‘lagini ochishga majburlash talabi bilan murojaat qildi.
LiveBarchasi