Yerevanda politsiya va muxolifat tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi (video)

Olam

image

Armaniston poytaxti Yerevanda bugun, 30 may kuni “Tavush Vatan nomi bilan” harakatining norozilik mitingi bo‘lib o‘tyapti. Namoyishchilar to‘plangan Respublika maydonida keskin vaziyat yuzaga keldi. Bu haqda “Sputnik Armaniston” xabar berdi.

Dastlab, harakat tarafdorlari mashinalarda maydon perimetri bo‘ylab aylana hosil qildi. Shundan so‘ng politsiya namoyishchilar mashinalarini evakuatsiya qila boshladi. Avtomobildagi namoyishchilar mashinalarini tashlab, qolgan namoyishchilarga qo‘shildi.

Miting ishtirokchilari va politsiya xodimlari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuvlar bo‘lib turibdi.

Harakat yetakchisi, arxiyepiskop Bagrat Galstanyan tarafdorlarini provokatsiyalarga berilmaslikka va ayni damda Bosh vazir Nikol Pashinyan raisligida Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan hukumat binosiga borishga chaqirdi.
Voqea joyiga politsiya kuchlari va qo‘shin safarbar etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Armanistonda norozilik namoyishlari 19 aprel kuni Yerevan va Baku o‘rtasida Tavush bilan chegarani delimitatsiya qilishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishilgani ma’lum bo‘lganidan keyin boshlangan edi. 9 may kuni Tavushdan Yerevangacha bo‘lgan kortejni olib borgan arxiyepiskop Bagrat Galstanyan Bosh vazirni iste’foga chiqishga chaqirgandi.

Muhammadjon Haydaraliyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Armaniston politsiya Erevan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing