Yerevan tinchlik uchun Konstitutsiyani o‘zgartirishi mumkin – Pashinyan
Olam
−
27 Sentabr
2188Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik nafaqat mumkin, balki qo‘l ostida. Bu haqda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan BMT Bosh assambleyasidagi chiqishida ma’lum qildi.
“Yaqinda, 2024 yilning 30 avgustida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida har ikki davlat demarkatsiya komissiyalarining birgalikdagi faoliyati to‘g‘risidagi nizom imzolandi. Bu birinchi ikki tomonlama huquqiy shartnomadir. De-yure ikki davlatning bir-biriga hududiy da’vosi yo‘qligi yana bir bor tasdiqlandi, endi keyingi qadamni tashlash hamda tinchlik va davlatlararo munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma imzolash qoldi”, deydi Armaniston Bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hali ko‘p muhim masalalar hal qilinmagan bo‘lib, Armaniston va Ozarbayjon misolida kelishilgan moddalar mohiyatan tinchlik, bir-birlariga hududiy da’volarning yo‘qligi va kelajakda bunday talablarni qo‘ymaslik va diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi.
"Biz hozir Ozarbayjon bilan 80 foiz kelishilgan tinchlik shartnomasini imzolashga tayyormiz. Agar tinchlik shartnomasi Armaniston Konstitutsiyasiga zid bo‘lib chiqsa, Yerevan tinchlik uchun Konstitutsiyani o‘zgartirishi kerak bo‘ladi", dedi u BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston Konstitutsiyasida mustahkamlangan mamlakatga qarshi hududiy da’volarni “yo‘q qilish kerakligini” aytgandi.
LiveBarchasi