Yerda kuchli magnit bo‘roni boshlandi
Olam
−
04 noyabr 2021
33638Yerda so‘nggi bir necha yil ichidagi eng kuchli magnit bo‘ronlaridan biri sodir bo‘lmoqda. Magnit maydonning beqarorligi kamida ikki-uch kun davom etadi. Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasining Fizika instituti Quyoshning rentgen astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.
“Moskva vaqti bilan soat 1:00 larda kutilmaganda Yerda so‘nggi yillardagi eng yirik magnit bo‘ronlaridan biri boshlandi. Magnit bo‘roni 5 balli shkala bo‘yicha uchinchi darajaga to‘g‘ri keladi”, deyiladi xabarda.
Olimlarning ta’kidlashicha, prognozlar Yer magnit maydonining beqarorligi kamida ikki-uch kun davom etishini ko‘rsatmoqda. Biroq bugun kuzatilgan maksimal darajadagi bo‘ron takrorlanishi aniq emas.
Fiziklarning aytishicha, quyosh shamolining tezligi sekundiga 400 metrdan 800 metrgacha, sayyoralararo plazma zichligi esa deyarli 100 barobarga ko‘tarilgan.
Olimlar yangi magnit bo‘ronining sababini ikki kun oldin Quyoshda sodir bo‘lgan M1.7 darajadagi chaqnash bilan bog‘lamoqda.