Yerda xavfli magnit bo‘roni kuzatiladi

Foydali

image

Bugun, 28 iyul kuni Yerda yetarlicha xavfli magnit bo‘roni kutilyapti. Bu haqda Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha butunrossiya ilmiy-tadqiqotchilik instituti rahbari Sergey Didenkoning hisobotida aytilgan.

Bugun boshlanadigan magnit bo‘roni chorshanba kuni ham davom etadi. Magnit bo‘roni shu qadar kuchli bo‘ladiki, elektr texnika, aloqa vositalari va telekommunikatsiya kanallarini ham ishdan chiqarishi mumkin.

Shu sababdan Didenko stansiyalarni ishga tushirish va turli aloqa vositalarini ishga tushirishda ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. Olimlar bu magnit bo‘ronini Quyoshning faolligi bilan bog‘lashyapti. Fizika-matematika fanlari doktori Ravil Raxmatulinning so‘zlariga ko‘ra, Quyoshdagi har qanday portlash 2-3 kundan keyin Yerga magnit bo‘roni sifatida ta’sir ko‘rsatadi.

Bu tabiiy hodisa inson organizmiga qanday ta’sir o‘tkazishi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ammo ob-havoga tasirchan insonlarda bu holsizlik va boshqa belgilar bilan namoyon bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

magnit bo'roni

Baholaganlar

1425

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing