Yerda 17 kun magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin
Olam
−
20 Oktabr 2022
17490Yaqin kunlarda Quyoshda jiddiy chaqnashlar bo‘lishi kutilyapti. Astronomlarning aytishicha, buning ortidan kuzatiladigan magnit bo‘roni 17 kun davom etishi mumkin.
Uning darajasi ancha jiddiy bo‘ladi, shimoliy kengliklarda auroralarni kuzatish mumkin bo‘ladi, elektromagnit uskunalarning ishlashida qisqa muddatli nosozliklar ham kuzatilishi ehtimoldan holi emas.
Mutaxassislarga ko‘ra, magnit bo‘roni 21 oktyabr kuni kuchayadi, keyin 4-5 kunlik “osoyishtalikdan” keyin 17 kun ketma-ket magnit bo‘roni kuzatiladi.
Kosmik tadqiqotlar instituti va Quyosh-yer fizikasi institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi 30 oktyabr, 2 va 5 noyabr kunlari bo‘ronning kuchayishini taxmin qilmoqda.
LiveBarchasi