Yer yadrosi ichida noma’lum qatlam topildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Avstraliya Milliy universiteti olimlari Yer sayyorasining yadrosida noma’lum qatlam mavjudligini tasdiqladi. “Journal of Geophysical Research” jurnalida chop etilgan tadqiqot haqida “Phys.org” xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar Yerning ichki yadrosining ko‘plab modellarini Xalqaro seysmologiya markazi tomonidan to‘plangan seysmik to‘lqinlarning sayyora ichki qismida harakatlanish vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan taqqoslagan. Ma’lum bo‘lishicha, kuzatilgan holat yadro anizotropiyasining bir qancha ehtimoliy variantlariga to‘g‘ri keladi, ya’ni u seysmik to‘lqinlarning tezligiga ta’sir qiluvchi ma’lum ichki tuzilishga ega.

Ba’zi ekspertlar ichki yadro materiallari to‘lqinlarning ekvatorga parallel ravishda tezroq harakatlanishiga olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa yuqori tezlik Yerning aylanish o‘qiga parallel ravishda harakatlanadigan to‘lqinlarga xosligini ta’kidlamoqda. 

Bu shuni ko‘rsatadiki, Yer dastlab paydo bo‘lgan vaqtda ikki alohida sovutish fazasini boshidan kechirgan va ichki yadroni tashkil etuvchi temir kristallari turlicha to‘planib, yanada murakkab tuzilishga ega bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

389

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing