Yer usti metro yo‘nalishi ostida “stoyanka”lar tashkil etiladi

Jamiyat

image

Yer usti metro yo‘nalishi ostida jami 2700 o‘rinli avtoturargohlar tashkil etiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi harakat xizmati rahbari Sulton Qodirov xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 oktyabrdagi “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkent shahar Yashnobod tumanidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘nalishi estakadasi ostidagi (umumiy yer maydoni 2,9 gektar) hududda 1200 o‘rinli beshta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan o‘tuvchi yer usti metro yo‘nalishi (umumiy yer maydoni 3,37 gektar) hududida 1500 o‘rinli yettita avtoturargoh, jami bo‘lib 2700 o‘rinli avtoturargoh tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, qayd etilgan rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirilishi natijasida jami 1700 ta yangi ishchi o‘rinlari ham yaratilishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing