Yer usti metro liniyasi yopilgani uchun avtobuslar yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, Toshkent metropolitenining “Yer usti halqa yo‘li”dagi “Do‘stlik-2” bekatidan to “Qo‘yliq” bekatigacha bo‘lgan qismi texnik ishlar sababli 1 kunga yopilishi haqida ogohlantirilgan edi. Shu munosabat bilan bugun, 18 fevral kuni “Qo‘yliq dehqon bozori – Do‘stlik metrosi” yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur chora yo‘lovchilarning jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida amalga oshirilgan. Avtobuslar yer usti metro liniyasining so‘nggi bekati – “Qo‘yliq dehqon bozori”dan THAY, Ohangaron shoh ko‘chasi, Qorasuv, Aviasozlar, Elbek ko‘chalari orqali “Do‘stlik” bekatigacha harakatlanadi.

Mazkur yo‘nalishdagi harakat jadvallari soni 6 ta bo‘lib, uning ish tartibi soat 5:00 dan 23:00 ga qadar etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing