Putin qonuniy Hukumatni buzishga qaratilgan sanksiyalar haqida gapirdi

Olam

image

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlarga qarshi sanksiyalardan nafaqat iqtisodiy maqsadlar uchun, balki qonuniy hukumatlarga putur yetkazish uchun ham foydalanilmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin bugun, 14 oktyabr kuni YeOII sammitidagi qilgan chiqishida ta’kidladi

RF rahbari ittifoq doirasida va boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o‘sganiga e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidlagan:

“Bundan tashqari, bunday ko‘rsatkichlarga YeOIIning ba’zi a’zo davlatlari ayrim mamlakatlarning noqonuniy sanksiyalariga uchrashiga qaramay erishildi”.

Uning fikricha, iqtisodiy sanksiyalar mavjud qonuniy hukumatlarni buzish vositasidir.

“Bunday sanksiyalarning nafaqat adolatsiz raqobat vositasi sifatida, balki ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolarni yaratish yoki mavjud muammolarni og‘irlashtirish orqali qonuniy hukumatlarni buzish vositasi sifatida ham qo‘llanilishi hech kimga sir emas”, deydi Putin.

Hozirgi vaqtda Rossiya va Belarusga qarshi qator G‘arb davlatlari va ularning ittifoqchilari tomonidan turli cheklovlar joriy qilingan. YeOII tarkibiga esa Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ham kiradi.

“Bunday noqulay tashqi sharoitlar ittifoqimiz doirasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishi kerak. Milliy valyutalarga o‘tish va o‘zaro hisob-kitoblarda dollar va yevrodan foydalanishni kamaytirish, import o‘rnini bosish, yuqori texnologiyali ilg‘or sohalarni rivojlantirish va aholini mahsulot bilan ta’minlash uchun eng yaqin o‘zaro hamkorlikning ahamiyati ortib bormoqda”, deydi Putin. 

Uning ta’kidlashicha, Rossiya G‘arb cheklovlari sharoitida rivojlanish bo‘yicha katta tajriba to‘plagan. 

“Biz buni YeOIIdagi sheriklarimiz bilan bo‘lishishga tayyormiz. Yirik iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish osonroq va tezroq kechadi”, deydi u. 

Rossiya rahbari bunday loyihalar yetishmayotganiga aminligini, ularni izlash va amalga oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, iste’molchilarning tovar va xizmatlarga bo‘lgan tobora ortib borayotgan talabini qondirish va shu orqali har qanday tashqi bosimga samarali qarshi turish kerak ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020 yilning 11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqisha kuzatuvchi bo‘lib qo‘shildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olganini urg‘ulab, ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish zarurligini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing