Yomon vaziyatda foyda qilishni xohlagan tadbirkorlarni xaridor kechirmaydi – Zafar Xoshimov
Jamiyat
−
23 mart 2020
4722O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi ortidan karantin e’lon qilindi. Bu esa aholining do‘konlarga yopirilib, oziq-ovqat g‘amlashiga olib keldi. Bundan foydalangan sotuvchilar narxlarni oshirib yubordi.
“Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Xoshimov vaziyatdan foydalanib, narxlarni oshirib yuboradigan tadbirkorlar yakunda hech nimaga erisha olmasligini aytib o‘tdi.
“Doim qisqa muddat foyda qilaman degan tadbirkorlar, oxirda hech narsaga erisha olmaydi. Bu gapni hayriya uchun aytmayapman, balki bu biznes talabi. Bir narsani sezdim, xaridorlarning hotirasi juda kuchli. Yomon vaziyatda foyda qilishni xohlagan tadbirkorlarni xaridor kechirmaydi”, dedi Xoshimov.
Shu bilan birga, tadbirkor hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, unga moslashgan holda imkon darajasida uydan chiqmasdan ishlashga chaqirdi.
“Men uydan turib ishlayapman. Korzinka singari katta savdo tarmog‘ini uydan turib boshqarayotgan bo‘lsam, demak siz xam uydan ishlashga harakat qilsangiz uddalasangiz bo‘ladi”, deydi tadbirkor.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi