Yomon o‘qigan o‘g‘lini ota samuray qilichi bilan o‘ldirdi
Olam
−
17 fevral 2023
32900Xitoyning Sichuan provinsiyasi Myanyan shahrida yashovchi fuqaro o‘z o‘g‘lini yomon baholar olgani uchun tasodifan yapon samuray qilichi bilan o‘ldirib qo‘ydi va 12 yilga qamaldi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yan Szyunmin bir necha yil oldin xotiniga xiyonat qilgani sababli ajrashgan bo‘lgan. O‘shandan beri xitoylik erkak 13 yoshli o‘g‘li bilan yolg‘iz yashagan. Yolg‘iz ota bolasining kelajagidan umidvor edi.
Onlayn o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishida o‘qituvchilar erkakka o‘g‘lining maktabda yomon o‘qishi haqida ma’lumot bergan. Bola yomon baholarga o‘qigan va jismoniy tarbiyadan imtihonda 100 balldan 18 ball olgan.
Majlisdan so‘ng otasi bolani dangasalikda va yomon o‘qishda ayblagan.
“Siz har doim meni yetarlicha tirishqoq bo‘lmaganim uchun ayblaysiz. Men allaqachon keraklicha o‘qiganman”, deb javob bergan o‘g‘li.
Uning bu so‘zlaridan g‘azablangan ota o‘g‘lini samuray qilichi bilan urgan. Qilich bolaning belida 10 santimetr chuqurlikda jarohat qoldirgan.
Szyunmin zudlik bilan tez yordam chaqirgan, 10 daqiqadan so‘ng tibbiyot xodimlari yetib kelgan. Bola kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar bolani shoshilinch operatsiya qilgan, biroq uni qutqara olishmagan. U ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan.
Otopsi (o‘lim sababini aniqlash maqsadida jasadni tekshirish) holati shuni ko‘rsatdiki, bolaning tanasida boshqa, eskiroq jarohatlar ham bo‘lgan. Ularning fikriga ko‘ra, bola qayta-qayta kaltaklangan.
“Men uni qo‘rqitmoqchi edim. Men eng yomon ishni eng yaxshi niyat bilan qildim”, degan Yan politsiyaga.
U qotillik qurolini internet-do‘kondan sotib olganini aytgan. Sababi u samuray qilichlari kolleksiyasini yig‘gan.
Sud erkakni 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
LiveBarchasi