Yelizaveta II uchun koronavirusga qarshi qo‘lqoplar tayyorlanadi 

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II maxsus koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan qo‘lqoplarga ega bo‘ladi. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar bergan. 

OAVga ko‘ra, qo‘lqoplar Shveysariyada ixtiro qilingan, mikrob va viruslarga qarshi matodan ishlanadi. 

Qirolichaning aksessuari qo‘lqop ishlab chiqaruvchi Korneliya Jeyms tomonidan tayyorlanadi. 

Qo‘lqoplar tashqi ko‘rinishidan odatiy qo‘lqoplarga o‘xshash bo‘lishi kutilmoqda. 

Nashrning ta’kidlashicha, himoya qo‘lqoplari paxta yoki jundan bo‘ladi va ular Bukingem saroyida namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni Yelizaveta II koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon birinchi marta ommaga himoya niqobi taqqan holda ko‘rinish bergandi

Mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,56 milliondan oshgan, ulardan 56 mingdan ko‘prog‘i infeksiyadan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

ELIZAVETA II

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar