Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i yurak xuruji bilan bog‘liq operatsiyani boshdan o‘tkazdi 

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, 99 yoshli Edinburg gersogi Filipp yurak xuruji bilan bog‘liq operatsiyani boshdan o‘tkazdi, endi u yana bir muddat shifoxonada bo‘ladi. Bu haqda BBC Bukingem saroyi matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergan.

Saroy matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Edinburg gersogi ushbu operatsiyani Sankt-Varfolomey shifoxonasida kecha, 3 mart kuni o‘tkazgan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. 

U navbatdagi muolajalarni qabul qilish va sog‘lig‘ini tiklash maqsadida yana bir necha kun shifoxonada qoladi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 18 fevral kuni gersogning tobi qochgani tufayli shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Edinburg gertsogi

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar