Yelizaveta II ga tegishli “Jaguar” kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Olam

image

Yelizaveta II ga tegishli bo‘lgan "Jaguar X-Type Estate" rusumli avtomashina Britaniyaning Historics Auctioners auksion uyi tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda Daily Mail gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, auksion (kimoshdi savdosi) 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

“Qirollik tarixining bu ajoyib namunasi “Zumrad olovi“ rangida charm qoplama bilan taqdim etilgan va u qirolicha Yelizaveta II ga tegishli bo‘lgan”,- deyiladi auksion uyi veb-saytida. 

Qayd etilishicha, mashinada lyuk bor, u avtomatik uzatmalar qutisi, iqlim nazorati tizimi va elektr oynalar bilan jihozlangan. 

“Mashina V6 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, u to‘rt g‘ildirakka quvvat yuboradi, bu esa ishtiyoq bilan haydashga yordam beradi”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Ajablanarlisi, mashina kimoshdi bolg‘achasi “sotildi” deb urilsa — bu qanday narx bo‘lishidan qat’iy nazar, hatto bir funt sterlingni tashkil qilsa ham baribir sotiladi.

Shahboz Abdusattorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

280

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing