Yelsinning kuyovi nega aynan Putin hokimiyat tepasiga kelganini aytib berdi

Olam

image
0:00
0:00
download
Kim o‘zi u Putin janoblari? Prezident yoki samarqandlik kirakash? (1-qism) north_east

Kim o‘zi u Putin janoblari? Prezident yoki samarqandlik kirakash? (1-qism)

Rossiyaning birinchi Prezidenti Boris Yelsin hokimiyatga barchasini toza oq qog‘ozdan boshlaydigan odam kelishini xohlardi. Bu haqda Yelsinning kuyovi Aleksey Dyachenko “Exo Moskvi” veb-saytidagi blogida yozgan.

“Yelsin o‘z vorisini o‘tmishdagi xato, majburiyat va shikoyatlar yuki bilan bog‘liq bo‘lmagan yigit sifatida tasavvur qilardi. U barchasini toza oq qog‘ozdan boshlaydigan odam kelishini xohlardi va Putin u izlagan odam edi”, deya yozadi Dyachenko.

Uning qayd etishicha, Rossiyaning sobiq Bosh vaziri Yevgeniy Primakov Yelsinning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan. Biroq, Primakovga o‘sha vaqtda bir nechta sabablar xalaqit bergan.

“Birinchidan, u o‘z manziliga aytilgan tanqidlarga toqat qilolmasdi. Ikkinchidan, Primakov prezidentlik ma’muriyatiga qaramasdan, o‘z yo‘nalishida qattiqqo‘l edi”, deydi Yelsinning kuyovi.

Dyachenko Primakovning mamlakat Prezidenti bo‘lmasligining uchinchi sababi borligini, bu uning siyosiy xatti-harakatlari bilan bog‘liqligini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 1999 yilnig avgust oyida Rossiyaning birinchi Prezidenti Boris Yelsin Vladimir Putinni o‘zining vorisi, deb e’lon qildi. Putin o‘sha paytda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga direktor edi. 1999 yilning 31 dekabr kuni Prezident Yelsin Yangi yil bayrami tabrigi bilan birga o‘zining muddatidan avval iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Putin esa yangi asr va yangi yilning birinchi kuniga dunyodagi eng yirik davlatga Prezident vazifasini bajaruvchi siyosiy figura sifatida qadam qo‘ydi. Shu-shu u hali ham “taxtda” mustahkam o‘tiribdi.

Qayd etish kerakki, o‘sha paytda Yelsin oldida Putindan boshqa variantlar ham bo‘lgan. Bular: mamlakat Bosh vaziri Yevgeniy Primakov, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish kengashi raisining o‘rinbosari marhum Boris Nemsov va Anatoliy Chubays edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1644

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing