YeIning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
Jamiyat
−
11 Sentabr
4396Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Toyvo Klaar ishonch yorliqlari nusxasini Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri ma’lum qildi.
Saidovning yozishicha, mamlakat hukumati Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi yaqin aloqalarni sezilarli natijalar bilan boyitgan holda hissa qo‘shish tarafdori. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasiga ko‘ra, elchi Toyvo Klaar joriy yilning 9 sentyabr kuni o‘z vazifasini bajarishga kirishgan.
Ma’lumot uchun, Toyvo Klaar Garvard universiteti va Jon Kennedi nomidagi Davlat boshqaruvi maktabida davlat boshqaruvi magistri darajasini olgan. Klaar 2017 yildan beri Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz bo‘yicha maxsus vakili lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Sharlott Adrian diplomatik missiyasini yakunlagani xabar qilingandi. U 2021 yilning mart oyidan buyon ushbu lavozimda edi.
LiveBarchasi