Yevropa Komissiyasi gaz narxini chegaralash mexanizmini taklif qildi
Olam
−
22 noyabr 2022
3538Yevropa Komissiyasi (YeK) energiya bozorini tuzatish mexanizmini taklif qildi. Unga ko‘ra Title Transfer Facility (TTF) virtual markazida bir MVt / soat gaz uchun €275 narx belgilash taklif etilyapti. Bu haqda bugun, 22 noyabr kuni Strasburgdagi Yevropa parlamentida energiya masalalari bo‘yicha Yevropa komissari Kadri Simson ma’lum qildi.
“Yevropa Komissiyasi bugungi kunda Yevropa Ittifoqi korxonalari va uy xo‘jaliklarini gazning haddan tashqari yuqori narxlaridan himoya qilish uchun bozorni tuzatish mexanizmini taklif qilish orqali davom etayotgan energiya inqiroziga javob qaytaradi”, deydi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu narxdan yuqori kelishuvlar o‘tkazilmaydi. Bozorni to‘g‘rilash mexanizmi avtomatik ravishda ikki holatda ishga tushiriladi, deydi Yevropa komissari.
“Birinchist, gaz narxi ikki hafta davomida ma’lum darajadan, ya’ni 275 yevrodan oshsa. Va ikkinchisi, agar TTF narxi va global STB narxi o‘rtasidagi farq o‘n savdo kuni ichida 58 yevro yoki undan yuqori bo‘lsa”, deb tushuntirdi Simson.
G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi va rus yonilg‘isidan voz kechish siyosati tufayli energiya narxining oshishi va inflyatsiyaning o‘sishiga duch kelmoqda. Yonilg‘i, birinchi navbatda, gaz narxining ko‘tarilishi fonida Yevropa sanoati o‘zining raqobatdosh ustunliklarini sezilarli darajada yo‘qotdi, bu esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ham ta’sir qildi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlarida o‘n yilliklar ichida ilk bor rekord darajadagi inflyatsiya qayd etila boshladi.
LiveBarchasi