YeI va NATO Rossiya bilan urush boshlamoqchi – Lavrov

Olam

image

Yevropa Ittifoqi  Rossiyaga qarshi kurash uchun NATO bilan koalitsiya tuzmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Ikkinchi jahon urushi boshlanganda Gitler o‘z bayrog‘i ostida Sovet Ittifoqiga qarshi urush uchun Yevropa davlatlarining katta qismini to‘pladi. Hozir ham shunday bo‘lyapti. Yevropa Ittifoqi va NATO Rossiya Federatsiyasi bilan urush qilish uchun koalitsiya yig‘moqda. Biz bularning barchasini diqqat bilan ko‘rib chiqamiz", deydi u. 
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 iyun kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning davlat va hukumat rahbarlari Bryusseldagi sammitda Ukraina va Moldovaga hamjamiyatga a’zo bo‘lish uchun nomzodlar maqomi berilishini ma’qulladi.

Shundan so‘ng, Kreml matbuot kotibi bu qarorga munosabat bildirib, Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar allaqachon jiddiy shikastlangani, Ukraina va Moldovaga birlashmaga a’zolik uchun nomzod maqomini berish bilan munosabatlarni bundan battar yomonlashtirish mumkin emasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

493

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing