YeI Ukrainaga 500 mln yevrolik harbiy yordam ajratdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga 500 million yevro miqdoridagi harbiy yordamning yangi transhini ma’qulladi. Bu haqda Yevropa kengashi saytida xabar berildi.

“Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shimcha 500 million yevro jalb etilishi bizning Ukraina Qurolli Kuchlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotganimizning yana bir dalilidir”, deydi Yevropa Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakil Jozep Borrel.

Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ning 490 million yevrosi harbiy texnikaga yo‘naltiriladi. 10 million yevro esa asbob-uskunalar va materiallarga sarflanadi.

“Bugun kengash Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harbiy yordam missiyasini tuzishga kelishib oldi. Missiyaning maqsadi Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralari doirasida hududiy yaxlitligini himoya qilish, suverenitetini samarali amalga oshirish va tinch aholini himoya qilish uchun Ukraina Qurolli Kuchlarining harbiy operatsiyalarni samarali o‘tkazish uchun jangovar qobiliyatini oshirishga yordam berishdir”, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, yangi transhni hisobga olgan holda, Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamining umumiy miqdori 3,1 milliard yevroga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing