YeI Ukrainaga 2 milliard yevrolik o‘q-dori yetkazib berishga kelishib oldi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning  Ukrainaga 2 milliard yevrolik o‘q-dori yetkazib berish rejasi Yevroittifoq vazirlari tomonidan ma’qullandi va ular 12 oy ichida Ukrainaga kamida 1 million o‘q-dori yetkazib berishga kelishib oldi. Bu haqda bugun, 20 mart kuni “Agence France-Presse” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi Kiyevga o‘q-dorilarni xarid qilish va yetkazib berish uchun Yevropa tinchlik jamg‘armasidan 2 milliard yevro ajratishga qaror qilgan. Shundan 1 milliard yevro Ukrainaga o‘z zaxiralaridan tezda snaryadlar yetkazib bera oladigan davlatlarga kompensatsiya sifatida, yana 1 milliard yevro esa o‘q-dorilarni sotib olish bo‘yicha qo‘shma loyihalarga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, Jozep Borrel joriy yilning oxirigacha Yevropa tinchlik jamg‘armasi byudjetni yana 3,5 milliard yevroga oshirish imkoniyati mavjudligini bildirgan. Dastlab, 2021 yildan 2027 yilgacha bo‘lgan davrda jamg‘armaning butun byudjeti 5,7 milliard yevroni tashkil etgan. O‘tgan yili Yevropa Ittifoqi ushbu fonddan Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun 3,2 milliard yevro ajratgan.

Yevropa tinchlik jamg‘armasi mablag‘lari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Ukrainaga uzatgan qurollari uchun kompensatsiya sifatida ajratiladi. Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Bryussel undan Kiyevga yuborilgan qurol va o‘q-dorilar narxining 40 foizini qoplaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina o'q-dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing