YeI Ukraina uchun 18 milliard yevrolik yordamni ma’qulladi

Olam

image

Kecha, 15 dekabr kuni Bryusseldagi sammitda Yevropa ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari Ukrainaga 2023 yilda berishga mo‘ljallangan 18 milliard yevrolik makromoliyaviy dasturni ma’qulladi. Bu haqda sammitdan keyingi matbuot anjumanida Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ma’lum qildi.

“Ukrainaga 18 milliard yevrolik yordam dasturini tasdiqladik. Yevropa Ittifoqi o‘z so‘zida turdi”, deydi Yevropa kengashi rahbari.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi bu yil Ukrainaga 19,7 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ajratganini va kerak bo‘lganda Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.

“Biz Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha payt qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Yevropa Ittifoqi 2022 yilda Ukrainaga 19,7 milliard yevro mablag‘ ajratdi” deydi Ursula fon der Lyayen.

Fon der Lyayenning ma’lum qilishicha, YeI 2014 yildan beri Ukrainaga 90 milliard yevro ajratgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda Ukraina uchun ajratiladigan 18 milliard yevrodan tashqari YeI Kiyevga energetika tizimini barqarorlashtirish uchun katta yordam ajratadi. Ya’ni, 800 tagacha elektr energiyasi generatorlari va 30 million LED lampalar kelasi haftada Polshada ochiladigan logistika markazi orqali Ukrainaga yetkazib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Ursula fon der Lyayen Sharl' Mishel'

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing