YeI Ukraina masalasida maxsus prokuratura yaratishni muhokama qilmoqda – Bloomberg

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiya tomonidan Ukrainada sodir etilgani aytilayotgan harbiy jinoyatlarni tergov qiladigan maxsus prokuratura yaratish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu hafta ichida Ukraina va boshqa mamlakatlar prokurorlarini o‘z ichiga olgan mahsus organ yaratish g‘oyasi Yevropa Ittifoqi a’zolari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlangan. Manbaga ko‘ra, Yevropa komissiyasi Adliya sohasida hamkorlik bo‘yicha Yevropa agentligi (Eurojust) bilan taklif etilayotgan xalqaro tuzilmaning vakolatlari va boshqa masalalarni muhokama qilmoqda.

Shu bilan birga, Ukraina bo‘yicha maxsus xalqaro tribunal bo‘yicha muzokaralar huquqiy nizolarga ham sabab bo‘layotgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina razvedkasi Rossiya yana safarbarlik e’lon qilishini aytgani haqida xabar bergan edik.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing