YeI Tramp va Putinning uchrashuvida Stubb ham bo‘lishini taklif qilyapti
Olam
−
18 Oktabr 2025 4568 1 daqiqa
Yevropa mamlakatlari rahbarlari AQSH Prezidenti Donald Tramp va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Budapeshtda bo‘lib o‘tishi kutilgan uchrashuvida ishtirok etishga intilmoqda. Bu haqda manbalariga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Agentlikning ikki manbasi ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari “Putinning Trampga ta’siriga qarshi tura olish” uchun birlashishi lozim. Yana bir manba esa Vengriyaga safar qilish uchun munosib nomzod sifatida Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubbni tilga olgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 oktyabr kuni Putin va Tramp yil boshidan buyon sakkizinchi marta telefon orqali suhbatlashgandi. 2,5 soat davom etgan ushbu muloqotdan so‘ng, Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qilishicha, Moskva va Vashington yaqin orada ikki davlat yetakchilarining yangi uchrashuvini tayyorlashni boshlaydi. Unga ko‘ra, yangi uchrashuv Budapeshtda bo‘lishi mumkin – bu g‘oyani AQSH Prezidenti ilgari surgan, Rossiya Prezidenti esa qo‘llab-quvvatlagan.
Live
Barchasi